Tashkilot haqida

Havza boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari

             Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;

suv xo‘jaligi sohasini kompleks modernizatsiyalash, mintaqaning suv xo‘jaligi obyektlariga fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan yagona suv xo‘jaligi siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

suv xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalar, grantlar va texnik yordamlarni jalb etish choralarini ko‘rish, loyihalarni boshqarishga muvofiq ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;

suv resurslarini boshqarishning tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish;

kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish muntazam ravishda samarali tashkil etilishini ta’minlash;

suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilishda ishtirok etish;

suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishni tashkil etish;

hududiy bo‘linmalar tarkibidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish.

            Quyidagilar Havza boshqarmasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:

suv xo‘jaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish mexanizmlari va strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlaydi;

suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlarini bajarish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning investitsiyalari, imtiyozli kreditlari, grantlari va texnik yordamlarini jalb etishga ko‘maklashadi, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mahalliy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi hamda ulardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;

vazirlikka suv xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;

suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, suvni boshqarish samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv iste’molining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini faol joriy etishni ta’minlaydi;

suv xo‘jaligi maxsus xizmatini rivojlantirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi, suv xo‘jaligi maxsus xizmatining suv xo‘jaligi obyektlari texnik holati, ularni ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha monitoring olib boradi;

yer usti suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqarishni amalga oshiradi;

irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, nasos stansiyalari, suv omborlari va boshqa davlat suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni tashkil qiladi;

suv resurslarini hisobga olish va hisoboti yuritilishini tashkil etadi, davlat suv kadastrining “Suvdan foydalanish” bo‘limini yuritishda ishtirok etadi;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘orish va kollektor-drenaj suvlarining sifati monitoringini yuritadi;

suv resurslari prognozini tahlil qiladi va irrigatsiya tizimlari, tumanlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, suvdan foydalanuvchilar va maxsus xizmatning suvdan tejab foydalanganliklari uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

suv xo‘jaligi maxsus xizmatiga suvdan foydalanish va suv yetkazib berish va boshqa xizmatlarni ko’rsatish bo‘yicha shartnomalarni tuzish, ularning sug‘orish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlarining monitoringini yuritadi;

suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

hududiy bo‘linma, idoraviy mansub tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, shu jumladan, suv xo‘jaligi maxsus xizmati rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;

hududiy bo‘linma va idoraviy mansub tashkilotlarda suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘quv-tanishish hamda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi;

idoraviy mansub tashkilotlarga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda amaliy yordam beradi;

suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va autsorsingni joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va vazirlikka kiritadi;

suv xo‘jaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi;

suv xo‘jaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;

nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, magistral kanallar boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, tumanlar irrigatsiya bo‘limlari va ular tarkibidagi maxsus xizmat faoliyatini nazorat qiladi.