Vazirlik topshirig‘iga asosan Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida fermerlar va aholining suv ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha shtab tuzildi.
Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha “Call markaz” kechayu-kunduz ishlab turibdi. Misol uchun, bugun Qarshi tumani “Namuna” hududidagi "Shovkat Davlat o‘g‘li" fermer xo‘jaligi rahbari Sh. Davlatov paxta maydonini sug‘orish uchun suv yetib kelmayotganidan shikoyat qildi.
Shtab a’zolari zudlik bilan murojaatni o‘rganib chiqishdi. "Shovkat Davlat o‘g‘li" fermer xo‘jaligiga paxta maydonlarini sug‘orish uchun sekundiga 40 litr suv limiti ajratildi.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati