Yangiliklar

Viloyat hokimi "Talimarjon" suv omborida bo'ldi

Viloyat hokimi "Talimarjon" suv omborida bo'ldi

Ona zaminimiz xalqmiz rizq-ro‘zi unadigan bebaho tabiiy xazinamizdir. Dehqon-u fermerlar yerdan oqilona foydalanishi oqibatida, undan mo‘l-ko‘l hosil olishmoqda.

Tabiiyki, mo‘l-ko‘l hosil olinishi uchun mirishkor dehqonlarning mashaqqatli mehnatlari bilan birga, yilimizning obod kelishi, yog‘ingarchiliklar bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, Nishon tumanidagi "Talimarjon" suv omborida jonliq so‘yilib, kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga ehson qilindi.

Nuroniy otaxonlarimiz qo‘llarini duoga ochib, Yaratgandan yurtimizning tinchligini, dehqon-u fermerlarimizning xirmoniga baraka so‘rashdi.

Ushbu saxovat tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida Qarshi, Koson, Mirishkor, Kasbi, G‘uzor hamda Nishon tumani hokimlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Qarshi nasos stansiyalari (Talimarjon suv ombori) 1973-yildan buyon Qashqadaryo viloyatining 7 ta, jumladan, Nishon, Qarshi, G‘uzor, Koson, Mirishkor, Muborak va Kasbi tumanlaridagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi maydonlarini yiliga 4-4,5 milliard metr kub miqdoridagi suv bilan ta'minlab kelmoqda.