Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Z.Ishpulatov sohadagi mavjud muammolarni joyiga borib o‘rganish, suv iste’molchilarining murojaatlarini tinglash maqsadida Koson tumanida klaster, fermer va boshqa suv iste’molchilari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari qatnashdi.
Sayyor qabul davomida asosan ekin maydonlarini sug‘orish, fermer xo‘jaliklarining ichki nasoslarida elektr energiya xarajatlari, ajratilgan limitlar, tomchilatib sug‘orish tizimida yuzaga kelayotgan muammolar hamda yer osti sizot suvlarini pasaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha jami 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Ularni hal etish choralari ko‘rildi va 3 ta murojaatchilarning murojaatlari joyida hal qilindi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 7 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati
https://t.me/AmuQashqadaryoITHB
@AmuQashqadaryoITHB
https://qashqadaryo-ithb.uz/