Yangiliklar

SUV XO‘JALIGI VAZIRI KASBIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

SUV XO‘JALIGI VAZIRI KASBIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Kecha Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

 

Unda vazir o‘rinbosari Z.Ishpulatov, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Siddiqov, “Qarshi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘i I.Qurbonov, viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, Kasbi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM mas’ullari, agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va boshqa suv iste’molchilari qatnashdi.

 

Sayyor qabulda Kasbi tumani “Talishbe” MFYda yashovchi X.Boboyorov hududdagi “Shodmon Normurodov” fermer xo‘jaligining nasos agregatlarini ta’mirlash uchun amaliy yordam so‘radi.

“Mesit” MFYda yashovchi F.Abdullayev, “Shakarjo‘y” MFYda yashovchi D.Suyarova lotok tarmoqlarini ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi.

 

Sayyor qabul barcha murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati