Yangiliklar

SUG‘ORISH TARMOQLARINI TOZALASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

SUG‘ORISH TARMOQLARINI TOZALASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Qashqadaryo viloyatida ayni kunlarda kuzgi-qishki tadbirlarni sifatli bajarilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish bugungi sovuq kunda biroz qiyin bo‘lsada, vegetatsiya sug‘orish mavsumida bu o‘z samarasini beradi.
Viloyatda jami 57 ta ekskavatorlar kuzgi-qishki tadbirlarga ishga jalb etilgan. Shundan, suv xo‘jaligi tizim tashkilotlaridan 18 ta, klaster hisobidan kanal, kollektorlarda 22 ta, pudratchi korxonalar tomonidan 11 ta ekskavatorlar bilan tozalash tadbirlari olib bormoqda.
Ichki ariq va kanallarni tozalash ishlari Qarshi tumanida ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Qarshi tuman bo‘yicha 2022-2023-yillarning kuzgi-qishki davrida klasterlar va fermer xo‘jaliklari hisobidagi xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlari (ariqlar)ni 29.1 km mexanizm va 388,3 km qo‘l kuchi yordamida tozalash ko‘zda tutilgan. Shundan, joriy yilning 15-fevral holatiga ko‘ra, tumanda ichki sug‘orish tarmoqlari (ariqlar)ni mexanizm yordamida 25,9 km (88 foiz), qo‘l kuchi yordamida 336,5 km (87 foiz) qismi tozalandi.
Jumladan, Tuman irrigatsiya bo‘limi balansidagi ''Chap qirg‘oq'' kanalining umumiy uzunligi 5,52 km bo'lib, amalda 4,2 km qismida tozalash ishlari olib borilgan qolgan 1,32 km qismini belgilangan grafikga asosan 1-mart kuniga qadar to'liq yakunlanishi belgilab olingan.
Ichki ariqlarning tozalanishi suv isrofgarchiligi oldini olish, sug‘orish mavsumining sifatli o‘tishida ham muhim ahamiyatga ega.


Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati