Yangiliklar

SEMINARDA IJRO INTIZOMI, YURIDIK XIZMAT VA KADRLAR MASALASI MUHOKAMA QILINDI

SEMINARDA IJRO INTIZOMI, YURIDIK XIZMAT VA KADRLAR MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiya lari va energetika boshqarmasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Unda ijro intizomi, yuridik xizmat va boshkarmani malakali kadrlar bilan ta’minlash, kadrlarni o‘qitish masalalari muhokama etildi.

 

Seminarda tizimda mavjud bo‘sh o‘rinlarga iqtidorli yoshlarni taklif etish hamda “ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish lozimligi ta’kidlandi. Xodimlarga “Ijro.Gov.uz” dasturidan foydalanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

 

Shuningdek, 2025 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar tahliliy muhokama qilinib,har bir xodim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Amu -Qashqadaryo ITHB axborot xizmati

 

https://t.me/AmuQashqadaryoITHB