Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

 

 

 

2024 yil 2-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Qashqadaryoda kanal qirg‘og‘ini rekonstruksiya qilish vaqtida 150 ta daraxt qo‘porib tashlandi” sarlavhali material yuzasidan rasmiy munosabat

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasing 2023-yil 21-dekabrdagi 672/7- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida “Koson tumanidagi  “R-26”, “R-24”, “Kasbi tumanidagi “Denov-Novqat”,  “Mirishkor tumanidagi “25-X-3-3”, “UR-11-1”, “Chiroqchi tumanidagi "Davr", “Ko‘kdala tumanidagi “Umakay”, “Chiyal-2”, “Arabbandi” kanallarini rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorning 6-bandida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida manzilli dasturdagi loyihalar doirasida kanallarning qirg‘oqlaridagi o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ko‘chirish, zarur hollarda kesish ishlari belgilangan to‘lovlardan ozod etilishi belgilangan.   

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga yuqorida ko‘rsatilgan kanallar qirg‘oqlaridagi o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ko‘chirish, zarur hollarda kesish bo‘yicha “Qashqadaryosuvqurilishinvest” DM tomonidan 2024 yil 26 yanvar kuni xat yuborilgan.

Mazkur xatga boshqarma tomonidan 1 fevral kunida javob berilib, ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish tushuntirilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish uchun loyiha doirasidagi daraxtlar soni, yoshi, turi va joylashgan nuqtasi loyiha bosh rejasida aks ettirilgan loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilib, ekspertiza xulosasini olish uchun taqdim etilishi lozim edi.

Qaror bo‘yicha kanallarni betonlash ishlari joriy yilning 31-martiga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish belgilangan bo‘lib, loyiha tashkilotlari tomonidan shu kunga qadar loyiha-smeta hujjatlari yakuniga etkazilmaganligi hamda kanallar qirg‘oqlaridagi daraxt va butalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilmaganligi sababli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish imkoniyati bo‘lmagan.

 “Qashqadaryosuvqurulishinvest” davlat muassasasi tomonidan 2024 yil 2 fevral kunida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil  11 dekabrdagi 981-sonli qarorining 8-bob 60-bandida:

Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, qurimaydigan soylar, shuningdek, suvi xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti ehtiyojlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalarida daraxt va butalarni kesishga ruxsat etilgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan 2023-yil davomida suv xo‘jaligi obyektlari mintaqa muhofaza zonalariga  868 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Joriy yilda ham 669 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Amu-Qashqadaryo ITHB axborot xizmati