Bugun Qashqadaryo viloyati Yoshlar markazida Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiev hamda Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Foziljon Siddiqovlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tashabbuskor va faollar so‘zga chiqib, tizimda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirishib, o‘z takliflarini o‘rtaga tashlashdi. Har bir ishtirokchiga Amu-Qashqadaryo ITHB tomonidan kitob hadya etildi. Tadbir "Yashil belbog‘" aksiyasiga ulashib ketdi. "Qarshi" gidrouzeli atrofida "Yosh suvchilar bog‘i" tashkil etilib, 200 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Batafsil buyerda o'qing: https://t.me/AmuQashqadaryoITHB