“Qashqadaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi quyidagi obyekt uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish maqsadida bosh loyiha tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.
- “Shahrisabz tumani Uloch mahallasi hududidan o‘tuvchi “Kattasoy sel yo‘li o‘zanini ” “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo‘li bilan kesishgan ko‘prikning yuqori va pastki (himoyalash hududi) 400 metr masofada kirish va chiqish joylarini sel suvlaridan himoyalash”.
- Moliyalashtirish manbai: Mahalliy byudjet
-Xavf-xatar toifasi: II-toifa
-Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish qiymati 50 000 000 (ellik million) so ‘m QQS bilan.
-Bajarish muddati 20 kun.
Loyiha va pudat ishlariga ishtirok etadigan Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
- Talabgor melioratsiya va irrigatsiya yo‘nalishida reytingga ega bo‘lishi. (boshqa yo‘nalishlar bundan mustasno)
- Tanlovda qatnashish buyurtmasini ta’minlash kafolatnomasi – deklaratsiya;
- Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumot (tashkilot guvohnomasi, doimiy xodimlari, jumladan: muhandis-texnik xodimlariga ega bo‘lishi);
- Qayta tashkil etish, tugatilishi yoki bankrotlik bosqichida bo‘lmaslik kafolat xati.
- Buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatidagi ma’lumotlar.
- "O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonuni asosiy talablari bo‘yicha tanishganligi to‘g‘risidagi kafolati.
- Soliq inspeksiyasidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar oldida qarzdorligi mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan berilgan kartoteka-2 da qarzdorligi mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (asl nusxasi);
- O‘xshash ishlarni bajarganligi to‘g‘risida oxirgi 3 yillik ma'lumotnoma (davlat qabul qilish dalolatnomasi, ekspertiza xulosalari va hk);
- Moddiy texnika bazasi (inventarlar).
- Ishlarni bajarish buyurtmanomasi.
Aloqa uchun:
-Tanlov o‘tkaziladigan manzil Qashqadaryo viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi. (manzili: Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi 60A-uy)
Aloqa telefonlari: (75)-223-18-80, (75)-223-19-11, (98)-475-02-05 kash-tender@mail.ru
-Ishtirokchilar tomonidan 2026-yil 12-martga qadar takliflar qabul qilinadi.