Yangiliklar

QASHQADARYODA KANALLARNI BETONLASHTIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

QASHQADARYODA KANALLARNI BETONLASHTIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Qashqadaryo viloyatida suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 256 ta 2 476 km magistral va xoʻjaliklararo kanallar boʻlib, shundan ushbu kanallarning 1 502 km qismi betonlashtirilgan.

Klaster va fermerlar hisobidagi 20,4 ming km ichki kanallar mavjud boʻlib, shundan 6,2 ming km lotok, 2,2 ming km beton qoplamali, 864 km yopiq tarmoqlar va 11,1 ming km (54 %) qismi tuproq oʻzanli suv yoʻllari hisoblanadi.

         Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.12.2023-yildagi “Qashqadaryo viloyatining 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-389-sonli  qarori ijrosi boʻyicha viloyatda suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 406 km

(35 ta) kanallarni bosqichma-bosqich betonlashtirish belgilangan.

         Bunda  2024-yil Respublika byudjetidan 100 mlrd.soʻm mablagʻ hisobiga 90 km (9 ta) kanallar davlat dasturi asosida betonlashtiriladi va Xitoy Xalq Respublikasining 54 mln.dollar imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan 316 km (26 ta) kanallar betonlashtirish rejalashtirilgan.

         Bugungi kunda 2024-yil davlat dasturidagi 90 km (9 ta) kanallarni betonlashtirish boʻyicha loyihachi, pudratchi tashkilotlar tanlab olingan va loyiha boʻyicha dala qidiruv ishlari yakunlangan.

        Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda va 5 ta kanalni loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazishga tayyorlandi.

        Hozirda, obyektlarga 34 ta mashina-mexanizmlar ishga jalb qilingan, 6 ta obyektda ishlar boshlangan.

        Jumladan, Koson tumanidagi “R-24”, “R-26” kanallariga pudratchi “Toʻpalang HPD Holding” MCHJning 2 ta beton tayyorlash zavodi keltirilib montaj qilindi, kanallarda loyqadan tozalash ishlari boshlab yuborilgan.

       Mirishkor tumanidagi “25-X-3-3”, Koʻkdala tumanidagi “Umakay”, “Chiyal-2” kanallarga ham zarur texnikalar jalb etilib, loyqadan tozalash va tuproq ishlari bajarilmoqda, “Umakay” kanalida betonlashtirish ishlari boshlandi.

 

Shuningdek, xoʻjalik ichki sugʻorish tarmoqlarida klaster korxonalari va fermerlar hisobidan 1800 km (2023-yilda 230 km va

2024-yilda 1570 km) kanallarni betonlashtirish rejalashtirilib,

bugungi kunda, 2023-yil rejasidagi 230 km kanal, ariqlardan

35,1 km qismi kanallar betonlashtirildi.

       Obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlarni kunlik monitoring qilish uchun Amu-Qashqadaryo ITHBda “shtab” tashkil etilgan.

 

Amu-Qashqadaryo ITHB axborot xizmati