Yangiliklar

QASHQADARYODA IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA LOYIHALARI BO‘YICHA ILMIY-TEXNIK KENGASH YIGʻILISHI O‘TKAZILDI

QASHQADARYODA IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA LOYIHALARI BO‘YICHA ILMIY-TEXNIK KENGASH YIGʻILISHI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 9 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tarmoq ilmiy-texnik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish F. Siddiqov rahbarligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida 2026–2027 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan irrigatsiya hamda melioratsiya ob’yektlari bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, 2026 yilda amalga oshiriladigan 12 ta hamda 2027 yilda yangidan boshlanadigan 8 ta loyiha bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda viloyat tarmoq ilmiy-texnik kengashi a’zolari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ilmiy xodimlari, “Qashqadaryosuvqurilishinvest” DM, loyiha va ekspluatatsiya tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida har bir loyihaning ilmiy asoslanganligi, amaldagi me’yoriy hujjatlar va tasdiqlangan topshiriqlar asosida ishlab chiqilganligi yuzasidan muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda ekspertiza xulosalarini olish jarayonlarini yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati