Suv xo’jaligi vazirining o’rinbosari Z.Ishpulatov, Amu-Qashqadaryo ITHB boshlig’ining birinchi o’rinbosari Q.Cho’liyev hamda Qarshi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasining rahbar-hodimlari ishtirokida o’rganish ishlari olib borildi.
O'rganish davomida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Suv xo’jaligi obyektlarida o’rnatilgan suvni real vaqt rejimida o’lchash va nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli qurilmalarning texnik holati, Shunindek, Davlat dasturi asosida “Tallimarjon” suv ombori to'g'oning xavfsizligini ta'minlash hamda to'g'onning turg’unligini o’lchab kuzatib borish imkonini beruvchi mavjud 36 dona pezometrlarni hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ham ko'zdan kechirilib, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar bo'yicha tushunchalar berildi.