Yangiliklar

QASHQADARYO VILOYATIDA 85 TA MAHALLALAR ICHKI SUG‘ORISH TARMOQLARI YAXSHILANADI

QASHQADARYO VILOYATIDA 85 TA MAHALLALAR ICHKI SUG‘ORISH TARMOQLARI YAXSHILANADI

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan viloyatda 85 ta mahallalarda aholi tomorqasini suv bilan ta’minlash maqsadida, dastlabki qiymati 142,528 mlrd so‘m bo‘lgan, 33 km lotok tarmog‘ini yangidan qurish, 213 dona tik sug‘orish quduqlarini qazish, 44 ta nasos agregatlarini o‘rnatish, 107 km ariqlarni betonlashtirish belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30-noyabrdagi VM-03/24-199-son yig‘ilish bayoni bilan Qashqadaryo viloyatidagi mahallarida tomorqa yer maydonlarini sug‘orish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib “Qashqadaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi belgilangan.

Bugungi kunda “Qashqadaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi tomonidan ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, 85 ta ob’ektlarning barchasida tender savdolari yakunlanib, loyiha tashkilotlari aniqlangan.

Mahallalar sug‘orish tizimini yaxshilash uchun jami 213 dona sug‘orish qudug‘i uchun gidrogeologik xulosalar olish  uchun arizalar jo‘natilgan. Ushbu jo‘natilgan arizalardan 170 donasiga ijobiy xulosalar olingan, 43 donasiga so‘ralgan hudud bo‘yicha kunlik suv olish hajmi uchun yer osti suv zaxirasi yetarli emas yoki yaroqsiz deb topilib, rad etilgan.

Hududiy elektr tarmoqlariga ulanish uchun 214 dona, shundan sug‘orish quduqlari uchun 170 dona, nasos agregatini o‘rnatish ishlari uchun 44 dona xulosalar olindi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 79 ta loyihalarga ekologik ekspertiza xulosa olingan.

Belgilangan tartibda tegishli texnik shart va xulosalar olingan 73 ta ob’ektlar “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish markazi”ga taqdim etilgan, shundan 45 ta ob’ektlar uchun ijobiy ekspertiza xulosasi olindi

 

Bugungi kunda  53 ta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.