Nishon tumanidagi ichki sug‘orish tarmoqlarida betonlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilyapti.
Xususan, "Do‘stlik" hududidagi "R-6A" yer arig‘i 16 ta fermer xo‘jaliklarining 400 gektar qishloq xo‘jaligi yerlariga suv etkazib beradi. Ayni kunlarda ushbu ariqning 2,5 kilometr qismida beton ishlari bajarilyapti.