Yangiliklar

Melioratsiya tadbirlari doirasida raqamlashtirish

Melioratsiya tadbirlari doirasida raqamlashtirish

Melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash loyihalari tarkibida meliorativ quduqlarga sizot suvlari sathi va minerallashuvini avtomatik oʻlchaydigan “DIVER” uskunalari oʻrnatilmoqda.                                                                                 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 05-03/1-2810 sonli yigʻilish bayoni bilan 2023-yilda Qashqadaryo viloyatida 12 ta loyiha tarkibida 387 dona “DIVER” uskunalarini oʻrnatish rejalashtirilgan bo'lib.
Joriy yilning 1-noyabr holatida 350 dona “DIVER” uskunalari oʻrnatilib, ekspluatatsiyaga foydalanishga topshirildi.
Ushbu ishlarni joyida oʻrganish maqsadida Amu-Qashqadaryo ITHB, “Qashqadaryosuvqurilishinvest” DM, Meliorativ ekspeditsiya masʼul mutaxassislari ishtirokida Gʻuzor tumanidagi “A.Navoiy”, “Batosh”, “O.Koʻchkinov”, “Boʻston” hududlaridagi kollektorlarni taʼmirlash-tiklash hamda “M.Rahmonov” hududidagi galeriyali oʻtish inshootini taʼmirlash loyihasi tarkibida oʻrnatilgan 19 dona “DIVER” uskunalarini oʻrnatish ishlari oʻrganildi.
Meliorativ uchastka xodimlariga ushbu uskunalarni ishlatish va nazorat qilish boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.