Unda Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Z.Ishpulatov, Amu Qashqadaryo ITHB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Cho‘liyev, Agentlik mutaxassisi M.Boltayev, "Koson tumani suv yetkazib berish xizmati" DM rahbar-xodimlari hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarning turlari va ularning afzalliklari tushuntirildi va egiluvchan quvur orqali sug‘orish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida fermer xo‘jaligining 20 gektar g‘alla maydonida joriy qilingan yomg‘irlatib, Xitoy texnologiyasi asosida 6 gektar maydonda joriy qilingan tomchilatib va 6 gektar maydondagi sabzavot ekin maydonida egiluvchan quvur orqali sug‘orish jarayoni bilan tanishtirildi.