Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida Viloyat prokurorining o‘rinbosari U.Yusupov hamda bo‘lim boshlig‘i Hazratovlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Amu-Qashqadaryo ITHB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Muloqotlar davomida viloyat suv xo‘jaligi tizimlarida korrupsiya, byurokratiya va suiiste’molchilik kabi salbiy holatlarni oldini olish, ularga qarshi murosasiz kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari haqida atroflicha ma’lumot berildi.