Bugun Kasbi tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasida “Ijro intizomini ta’minlash, shu jumladan “ijro.gov.uz” tizimida ishlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6166-sonli Farmoni yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan ijro.gov.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi kiritilgan o‘zgarishlar batafsil tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, “edo.ijro.uz” ijro intizomi tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish, tizimda yo‘lga qo‘yilgan yangi jarayonlar va ijro intizomi yagona elektron tizimida hujjatlar bilan ishlash va topshiriqlarni bajarish hamda tizimdagi muammo va takliflar tinglandi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2722-sonli qarorining mazmun mohiyati va tuman Suv yetkazib berish xizmati DM larida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi 5168-sonli qarorlari "Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari borasida so‘z bordi.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati