Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi PQ-133-son Qarori ijrosi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Nishon tumanida olib borilgan o‘rganishlarda Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i Elyor Xurramov mavjud nasos agregatlarini modernizatsiya qilish hisobidan energiya samaradorligiga erishish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar va ularning natijadorligi bo‘yicha taqdimot qildi.
Xususan, iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan 320 dona eski SNP nasoslarini zamonaviy energotejamkor “D” rusumli nasoslarga almashtirish, nasos agregatlari va sug‘orish quduqlariga 10 kVtdan 30 kVt/soatgacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish hamda 210 dona ESV 22 kVt/soat botma nasoslarini yangi zamonaviy 15 kVt/soat nasoslarga almashtirish orqali erishiladigan natija va tejaladigan mablag‘lar to‘g‘risida loyihalarini taqdim qildi.