O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi PF-101 sonli Farmonining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sining 8-bo‘limi talablarini bajarish maqsadida, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan, hozirda foydalanilmasdan bo‘sh turgan Qarshi shahar, “Eskianxor” MFY, Quruvchi ko‘chasida joylashgan 6500 m2 (0,65ga) yer maydonida ijara huquqi asosida Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshqaruv xodimlari va suvchilar uchun 2025-2026 yillarda zamonaviy ko‘p xonadonli turar-joy binolarini qurish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini tanlash yuzasidan ochiq tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Ko‘p qavatli uy-joylarni qurishni moliyalashtirish manbasi Tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan.
Tanlov ishtirokchilari quyida sanab o‘tiladigan har bir tanlov paketlari uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishlari shart.
Tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlov takliflari quyidagi tartibda taqdim etilishi lozim.
Ko‘p xonadonli uy-joylarni texnik tavsifi va loyiha eskizi namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashish.
Taqdim etilgan takliflar tanlov komissiyasi tomonidan eng yaxshi taklif asosida tanlab olinadi.
Ko‘p xonadonli uy-joyni o‘z mablag‘lari hisobidan qurish uchun yetarli mablag‘i mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Tanlov taklifining ochilishi takliflarni taqdim qilishning oxirgi kuni 11 mart 2025 yil soat 17:00. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan barcha ishtirokchilar ishtirokida quyida keltirilgan manzilda o‘tkaziladi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi talablar qo‘yilgan.
Tanlov shartlari ko‘p xonadonli uy-joy qurishga “SS” va undan yuqori reyting bahosiga ega bo‘lgan qurilish tashkilotini jalb qilish qat’iyan belgilangan.
Ko‘p qavatli qurilishi rejalashtirilgan uylar ajratilayotgan 6500 m2 yer maydonidan ijara huquqi asosida 5 qavatdan iborat 5 ta xonadondan oshmagan 1, 2 va 3 xonali 80 ta xonadondan oshmagan turar joyni barcha qulayliklarga ega bo‘lgan tayyor holatda (pod klyuch) loyiha-smeta hujjatlari asosida qurib topshirish.
Ajratiladigan 6500 m2 yer maydonida sport o‘yingohlari, bolalar maydonchasi, yashil maydon, avto turargoh va shaharsozlik normalari va qoidalari asosida zamonaviy sharoitlari bilan Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshqaruv xodimlari va suvchilarga ipoteka krediti, xodimlarning shaxsiy mablag‘lari yoki muddatli to‘lov asosida sotib oladigan 80 ta xonadonga ega bo‘lgan uy joylar.
Ko‘p qavatli turar-joy qurishda xonadonlarning o‘lchamlariga qo‘yiladigan talablar:
2 xonali: 35 ta xonadonlar 64,9 m2, 68,9 m2
3 xonali: 15 ta xonadonlar 81,5 m2
Turar-joy majmuasi tashqi muhandislik (kommunikatsiyalarini xususiy invectop (bosh pudratchi tashkilot) hisobidan olib kelish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish.
Ko‘p qavatli uy-joylarni qurish istagini bildirgan investorlar barcha zaruriy loyiha oldi hujjatlari (APZ, geologiya, ekologiya xulosasi, loyiha-smeta hujjatlari, davlat ekspertiza xulosasi, qurilish nazorat inspeksiyasi ruxsati va nazorati, mualliflik nazorati, texnik nazorat)ni rasmiylashtiradi va o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi.
Manzil: Qarshi shahri I.Karimov ko‘chasi 81-a uy
Tel: 75-226-38-47, 93-525-50-61
Mas’ul: Q.Murodov