Bugun Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va tizim tashkilotlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Aziz Tursunov olib bordi.
Dastlab Prezidentimizning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va Davlat dasturining loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish takidlandi.
Davlat dasturi loyihasida suvchilarga 4 ta maqsad bo‘yicha 20 dan ziyod vazifalar yuklatilishi ko‘zda tutilgan bu soha xodimlariga katta masʼuliyat yuklaydi.
Shuningdek, kuzgi-qishgi irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini tez va qisqa fursatlarda yakunlash, yashil makon aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni umumlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
.jpg)

