Joriy yilning 9 iyun kuni Amu–Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining ma’muriy binosida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi mutaxassislari tomonidan navbatdagi amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘i
F. Siddiqov, Amu–Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi
A. Gʻaniyev hamda tizim tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga ““Aqlli suv”, “Dayver” hamda nasos stansiyalarida o‘rnatilgan onlayn hisoblagich qurilmalarining ishlash tamoyillari, ulardan samarali foydalanish, ma’lumotlarni kuzatish va tahlil qilish, qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar viloyat meliorativ ekspedisiyasi tomonidan o‘rnatilgan “Dayver” qurilmalari hamda Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan nasos agregatlariga o‘rnatilgan onlayn hisoblagich qurilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy qurilmalardan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati