Seminarda Suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’limi boshlig’i J.To’xtayev hamda Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi tizim tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish bo’yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tashkil etilgan seminardan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-sonli qarori va 2025-yil 9-apreldagi 212-sonli qarorlarining hududlarda ijro etilishi yuzasidan.
Bunda Suv xo'jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantirilishi va yuritilishi, davlat tashkilotlari inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab borillishi, hamda “hrm.argos.uz” platformasidan foydalanishni samarali tashkil etish bo’yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek seminarda mutaxassislarni qiziqtirgan savollar yuzasidan elektron platformalarda hujjatlarni shakllantirish, murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish hamda inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini baholashning asosiy ko'rsatkichlarini shakllantirish bo'yicha amaliy tushuncha va ko'rsatmalar berildi.
https://t.me/AmuQashqadaryoITHB